Тailand milliy metrologiya institutida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 13-24-iyul kunlari Tailand milliy metrologiya institutida navbatdagi o‘quv trening tashkil etildi. Mazkur o‘quv treningda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimi Maxamatov Kamoliddin magnetizm yo’nalishi bo’yicha na’munaviy Teslametr […]