O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) institutiga ish tashrifining yo‘nalishlaridan biri mikrolitr o‘lchash intervalida gravimetrik usul bilan hajm o‘lchash, shuningdek tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlash sohasida qo‘llanadigan usul va texnologiyalarni o‘rganish bo‘ldi.
Mutaxassislar ushbu turdagi o‘lchashlarni bajarishning yuqori aniqlik darajasini va metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlaydigan texnik yechimlari, qo‘llanadigan asbob-uskunalari va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishdilar.
Olingan bilim va amaliy tajribani O‘zbekiston milliy metrologiya institutining tegishli laboratoriyalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, olingan bilimlarni O‘zMMI mutaxаssislariga yetkazish va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda qo‘llash rejalashtirilgan.