O‘zMMI va Italiyaning INRiM instituti o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Italiyaning Milliy metrologik tadqiqotlar instituti — INRiM o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomon mas’ullari ishtirok etib, institutlarning faoliyati, ilmiy-texnik salohiyati, metrologiya xizmatlari, kvant metrologiyasi, kadrlar malakasini oshirish hamda EURAMET doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zMMI tomonidan institutning tashkiliy tuzilmasi, milliy […]
O‘zMMI mutaxassislari hajm o‘lchash va tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlashda qo‘llanadigan texnologiyalarni o‘rgandilar

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) institutiga ish tashrifining yo‘nalishlaridan biri mikrolitr o‘lchash intervalida gravimetrik usul bilan hajm o‘lchash, shuningdek tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlash sohasida qo‘llanadigan usul va texnologiyalarni o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar ushbu turdagi o‘lchashlarni bajarishning yuqori aniqlik darajasini va metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlaydigan texnik yechimlari, qo‘llanadigan asbob-uskunalari […]