Aniq vaqt

Ta’lim va amaliyot uyg‘unlashmoqda: Jizzax politexnika instituti hamda UzMMI Jizzax filiali hamkorlikni kuchaytiradi

Jizzax politexnika instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “UzMMI” davlat muassasasi Jizzax filialiga tashrif buyurdi.

Tashrifda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov, “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi mudiri Faxriddin Isroilov hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyalari mavzularini kalibrlash laboratoriyalari va ishlab chiqarishning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistrantlarning ilmiy ishlanmalarini laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazish, istiqbolli natijalarni amaliyotga joriy etish va bu boradagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar bunday hamkorlik ilmiy tadqiqotlarning amaliy samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil