Aniq vaqt

Metrologiya xizmatlari (qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari) diqqatiga!

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Provayderi malakani tekshirish sohasida o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi.

Endilikda Institut tomonidan tashkil etiladigan laboratoriyalararo solishtirish dasturlariga bosim o‘zgartirgichlari hamda qarshilik termoo‘zgartirgichlari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar kiritildi.

Mazkur o‘zgarish qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalariga o‘z faoliyati va o‘lchash natijalari ishonchliligini xalqaro talablarga mos ravishda baholash imkonini beradi.

Akkreditatsiya sohasining kengaytirilishi mamlakatda oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, shuningdek, turli sohalarda foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining kalibrlash va qiyoslash natijalariga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.

Institut Provaideri kelgusida ham malakani tekshirish dasturlarini takomillashtirib, metrologiya sohasida zamonaviy talablar asosida xizmatlar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirgan.


Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil