Metrologiya xizmatlari (qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari) diqqatiga!

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Provayderi malakani tekshirish sohasida o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi. Endilikda Institut tomonidan tashkil etiladigan laboratoriyalararo solishtirish dasturlariga bosim o‘zgartirgichlari hamda qarshilik termoo‘zgartirgichlari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar kiritildi. Mazkur o‘zgarish qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalariga o‘z faoliyati va o‘lchash natijalari ishonchliligini xalqaro talablarga mos ravishda baholash imkonini beradi. Akkreditatsiya sohasining kengaytirilishi mamlakatda oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini […]