Aniq vaqt

O‘zbekiston vakili SMIIC Metrologiya kengashi ishchi guruhi koordinatori bo‘ldi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) tomonidan 2026–2028 yillar uchun ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti nomzodi ma’qullandi.

Qarorga ko‘ra, institutning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Vohobjon Nishonov SMIIC MC tarkibidagi TFG2 — “Research, Development, and Metrology Knowledge Hub” ishchi guruhi koordinatori etib tayinlandi.

Mazkur ishchi guruh metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Mutaxassisning xalqaro lavozimga tayinlanishi O‘zbekistonda metrologiya yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar xalqaro darajada e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu mamlakatning xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil