O‘zbekiston vakili SMIIC Metrologiya kengashi ishchi guruhi koordinatori bo‘ldi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) tomonidan 2026–2028 yillar uchun ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti nomzodi ma’qullandi. Qarorga ko‘ra, institutning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Vohobjon Nishonov SMIIC MC tarkibidagi TFG2 — “Research, Development, […]

O‘zbekistonda ilk bor “Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni” laboratoriyasi ishga tushirildi

20 may — Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekistonda ilk bor “Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni” laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyaning tantanali ochilish marosimida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev ishtirok etdi. Mamlakatimizda metrologiya […]

2026-yil 20-may kuni Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (O‘zMMI) ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, mahalliy hamkor tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, PhD Akmal Jumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u metrologiyaning zamonaviy iqtisodiyot, sanoat va xalqaro savdo tizimidagi muhim o‘rni, shuningdek, o‘lchovlarning aniqligi va […]