Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, shu ningdek, muvofiqlik sertifikati olish, metrologik tekshiruvdan o‘tkazish hamda standart xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov jarayonlarini bir joyning o‘zida amalga oshirish maqsadida 2015-yilda O‘zbekiston milliy metrologiya institut qoshida O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish organi tashkil etildi. Mazkur organ faoliyati qisqa vaqt ichida muvo fiqlikni baholash tizimining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Bugungi kunda sertifikatlashtirish organi mahsulot va xizmatlarning belgilangan standart talablariga mu vofiqligini ta‛minlash orqali iste‛molchilarni sifatli hamda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan ta‛minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, respublika hududiga olib kirilayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi o‘lchash vositalarining me‛yoriy hujjatlar va standart talablariga muvofiqligini baholash, sifatsiz va standartlarga javob bermaydigan mahsulotlardan iste‛molchilarni himoya qilish sertifikat lashtirish organining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish organi tomonidan nafaqat mahal liy ishlab chiqaruvchi balki xorijiy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalarni muvofiqligini baho lashda ya‛ni joyini o‘zida sinov va sertifikatlashtirish xiz matlari o‘tkazilib investisiya kiritilishi xizmatlar eksportiga erishilmoqda. Jumladan, Germaniyaning VEGA, SICK, SIEMANS, Polshaning SONEL S.A., Xitoy va Rossiya dav latlarining 10 dan ortiq korxonalariga sertifikatlashtirish xizmati ko‘rsatildi. Shu bilan birga, zamonaviy o‘lchash vositalari va yangicha yondashuvlar asosida ish faoliyatini takomillashtirib, sohada ishonchlilik va aniqlikni ta‛min lashga alohida e‛tibor qaratilmoqda.
Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan mas’uliyatli va sharafli sohada faoliyat yuritayotgan barcha ham kasblarimizni samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik hamda mashaq qatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.
O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi