Aniq vaqt

SERTIFIKATLASHTIRISH ORGANI FAOLIYATIDA ANIQLIK VA SIFAT TAMOYILLARINING USTUVORLIGI

Tadbirkorlik subyektlariga qu­laylik yaratish, shu ningdek, muvofiqlik sertifikati olish, metrologik tekshiruvdan o‘t­kazish hamda standart xavfsizlik ko‘r­satkichlari bo‘yicha sinov jara­yonlarini bir joyning o‘zida amalga oshirish maqsadida 2015-yilda O‘zbe­kiston milliy metrologiya ins­titut qoshida O‘lchash va sinov vosita­larini sertifi­katlashtirish organi tashkil etil­di. Mazkur organ faoliyati qisqa vaqt ichida muvo fiqlikni baholash tizimi­ning muhim bo‘g‘iniga aylandi.

Bugungi kunda sertifikatlashtirish organi mahsulot va xizmatlarning belgilangan standart talablariga mu vofiqligini ta‛minlash orqali iste‛mol­chilarni sifatli hamda yuqori aniqlik­dagi o‘lchash vositalari bilan ta‛min­lashda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, respublika hududiga olib kirilayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi o‘lchash vositalarining me‛yoriy huj­jatlar va standart talablariga muvofiqligini baholash, sifatsiz va stan­dartlarga javob bermaydigan mahsu­lotlardan iste‛molchilarni himoya qilish sertifikat lashtirish organining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Sertifikatlashtirish organi tomo­nidan nafaqat mahal liy ishlab chiqa­ruvchi balki xorijiy korxonalarda ish­lab chiqarilayotgan o‘lchash vosita­larni muvofiqligini baho lashda ya‛ni joyini o‘zida sinov va sertifikatlash­tirish xiz matlari o‘tkazilib investisiya kiritilishi xizmatlar eksportiga erishil­moqda. Jumladan, Germaniyaning VEGA, SICK, SIEMANS, Polshaning SONEL S.A., Xitoy va Rossiya dav latlarining 10 dan ortiq korxonalariga sertifikatlash­tirish xizmati ko‘rsatildi. Shu bilan birga, zamonaviy o‘l­chash vositalari va yangicha yondashuvlar asosida ish faoliyatini takomillashtirib, sohada ishonchlilik va aniq­likni ta‛min lashga alohida e‛tibor qaratil­moqda.

Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan mas’uliyatli va sharafli so­hada faoliyat yuritayotgan barcha ham kasblarimizni samimiy muborak­bod etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik hamda mashaq qatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.
O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil