Mazkur hujjat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, standartlarni takomillashtirish, shuningdek, tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston tomonidan Bitimni Agentlik direktori — Jumanazarov Akmal Ruzikulovich imzoladi. Rossiya tomonidan esa “Rossiya sifat tizimi” ANO rahbari o‘rinbosari — Chumak Aleksandr Sergeyevich ishtirok etdi.
Ushbu hamkorlik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda sifat sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.