O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Olmaota texnologik universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Olmaota texnologik universitetining metrologiya kafedrasi mudiri hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv davomida qozog‘istonlik mutaxassislarga O‘zbekistonda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar institutning zamonaviy metrologik infratuzilmasi bilan tanishtirildi. Ma’lumot uchun, Olmaota texnologik universiteti Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, mamlakatdagi TOP-10 talikka kiradi. QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra esa 1001–1200-o‘rinlarni egallagan.