Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur tashabbus yurtimizda milliy davlatchilik tarixini, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida institut xodimlari va filiallar xodimlari uchun “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent kimyo xalqaro universiteti fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor, temuriyshunos olim Akbar Zamonov hamda O‘zbekiston xalq artisti, 1992-yildan buyon Amir Temur obrazini sahnada gavdalantirib kelayotgan mahoratli aktyor Tesha Mo‘minov ishtirok etdi.

Professor Akbar Zamonov o‘z ma’ruzasida mustabid tuzum davrida nohaq qoralanib kelgan Amir Temur shaxsiyati mustaqillik yillarida tarixiy adolat asosida qayta tiklanganini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda Sohibqiron siymosi milliy davlatchiligimiz timsoliga aylanib, xalqimizda o‘zlikni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklashda muhim ma’naviy manba bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi hamda temuriylar merosi haqida tarixiy faktlarga asoslangan qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tesha Mo‘minov esa Amir Temur obrazini yaratish jarayonidagi ruhiy-ma’naviy kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi. U sahna asarlarida ijro etgan monologlaridan namunalar keltirib, yoshlarni buyuk sarkardaning hayoti va faoliyatidan ibrat olishga chorladi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy tarixga hurmat va ajdodlar merosiga qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil