Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 2-aprel kuni soat 11:00 da O‘zMMIning 2-qavat katta majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, Turon Fanlar akademiyasi akademegi matematik olim Mirfozil Abdulxaqovich Mirzaahmedov taklif etilgan. Tizimda faoliyat yurituvchi yoshlarni tadbirga taklif etamiz!
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur tashabbus yurtimizda milliy davlatchilik tarixini, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida institut xodimlari va filiallar […]
ENDI TONIROVKANGIZNI TEKSHIRTIRISH IMKONIYATI MAVJUD!

Avtohavoskorlar uchun yana bir qulaylik! O‘zbekiston milliy metrologiya institutida avtoransport vositalari oynalarining qoraytirilganlik darajasini (yorug‘lik o‘tkazuvchanligini) aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda har bir fuqaro o‘z avtomobili oynasidagi tonirovka foizini aniq tekshirtirishi va natijalari bo‘yicha XULOSA olishi mumkin. ▶️ Xizmat jismoniy va yuridik shaxslar uchun ▶️ Asos: shartnoma ▶️ Narx: 199 848, 85 so‘m (QQS bilan) […]