Avtohavoskorlar uchun yana bir qulaylik! O‘zbekiston milliy metrologiya institutida avtoransport vositalari oynalarining qoraytirilganlik darajasini (yorug‘lik o‘tkazuvchanligini) aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda har bir fuqaro o‘z avtomobili oynasidagi tonirovka foizini aniq tekshirtirishi va natijalari bo‘yicha XULOSA olishi mumkin.
▶️ Xizmat jismoniy va yuridik shaxslar uchun
▶️ Asos: shartnoma
▶️ Narx: 199 848, 85 so‘m (QQS bilan)
▶️ Davomiyligi: o‘rtacha 1 soat
Tekshiruvdan o‘tish uchun avtoransport vositangiz bilan institut laboratoriyasiga tashrif buyuring.
⚡️ Qonuniylikni ta’minlang va xotirjam harakat qiling!
