Aniq vaqt

O‘zbekiston Global sifat indeksida 18 pog‘onaga yuqoriladi: Sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan strategik rejalar e’lon qilindi. Tadbirda ta’kidlanishicha, Metrologiya to‘g‘risidagi qonun JST talablariga moslashtirilishi natijasida O‘zbekiston Global sifat infratuzilmasi indeksida (GQII) 18 pog‘onaga yuqorilab, 184 ta davlat orasida 72-o‘rinni egalladi. Anjuman davomida institut olimlari tomonidan ishlab chiqarish uchun yaratilgan yangi innovatsion qurilmalar — suv hisoblagichlarini qiyoslash uskunasi va barometrlarni tekshirish moslamalari namoyish etildi. Shuningdek, TRIS axborot tizimi orqali 8 turdagi metrologik xizmatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-fevraldagi PF-25-sonli farmoni ijrosi doirasida tizimda quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:
19 ta yangi yuqori aniqlikdagi davlat etalonlari xarid qilinadi;
Milliy kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari 2,5 barobarga oshiriladi;
Eskirgan qiyoslash tizimidan xalqaro verifikatsiya va kalibrlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi;
Xorijiy OTMlar bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu islohotlar mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda tan olinishini ta’minlash va o‘lchashlar aniqligini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil