O‘zbekiston Global sifat indeksida 18 pog‘onaga yuqoriladi: Sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan strategik rejalar e’lon qilindi. Tadbirda ta’kidlanishicha, Metrologiya to‘g‘risidagi qonun JST talablariga moslashtirilishi natijasida O‘zbekiston Global sifat infratuzilmasi indeksida (GQII) 18 pog‘onaga yuqorilab, 184 ta davlat orasida 72-o‘rinni egalladi. Anjuman davomida institut olimlari tomonidan ishlab […]