O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi.
Xususan, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
🔹 o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechiladi;
🔹 qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida xalqaro standartlarga mos keluvchi verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.
Mazkur o‘zgarish metrologik tekshiruv jarayonlarini xalqaro OIML normalariga moslashtirish va o‘lchash natijalarining jahon miqyosida tan olinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
