Metrologiya sohasida xalqaro tizimga o‘tiladi: qiyoslash o‘rniga verifikatsiyalash joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi. Xususan, 2027-yil 1-yanvardan boshlab: 🔹 o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechiladi; 🔹 qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida xalqaro standartlarga mos keluvchi verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Mazkur o‘zgarish metrologik tekshiruv jarayonlarini xalqaro OIML normalariga moslashtirish va o‘lchash natijalarining jahon miqyosida tan […]
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda.

Mazkur hashar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilib, aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, mahalla va aholi yashash maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda xalqimizning azaliy hashar an’analarini davom ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus doirasida respublika bo‘ylab barcha tashkilot va muassasalar, mahallalar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy […]