Mazkur nufuzli anjumanda Institutning Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqda. Simpozium doirasida geometrik o‘lchashlar sohasida o‘lchashlar bir xilligini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ilg‘or metodlar, innovatsion o‘lchash texnologiyalari hamda amaliy tajribalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilmoqda. Shuningdek, professional tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Ushbu simpozium geometrik kattaliklarni o‘lchash sohasida ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

