26–27-fevral kunlari Sankt-Peterburg shahrida Rosstandart (Federal agentligi) hamda “Rosstandart Texnospesnaz” Yosh olimlar kengashi tomonidan I Xalqaro simpozium — “Geometrik kattaliklarni o‘lchash sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Institutning Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqda. Simpozium doirasida geometrik o‘lchashlar sohasida o‘lchashlar bir xilligini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ilg‘or metodlar, innovatsion o‘lchash texnologiyalari hamda amaliy tajribalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilmoqda. […]

Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro talablar asosida kalibrlashdan o‘tkazildi

Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro standartlar va talablar asosida kalibrlash ishlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu jarayonda Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) ekspertlari jalb qilinib, ular bilan yaqin hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Kalibrlash natijalari ijobiy deb topildi va o‘lchashlar birligi qayta tiklandi. Shuningdek, metrologik kuzatuvchanlik Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) burovchi moment etaloniga muvofiq […]