Aniq vaqt

Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro talablar asosida kalibrlashdan o‘tkazildi

Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro standartlar va talablar asosida kalibrlash ishlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu jarayonda Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) ekspertlari jalb qilinib, ular bilan yaqin hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.

Kalibrlash natijalari ijobiy deb topildi va o‘lchashlar birligi qayta tiklandi. Shuningdek, metrologik kuzatuvchanlik Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) burovchi moment etaloniga muvofiq ravishda ta’minlandi. Mazkur natijalar o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini xalqaro darajada kafolatlashga xizmat qiladi hamda milliy metrologiya tizimining nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil