Aniq vaqt

O‘zbekistonda “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanloviga start berildi

🔄2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET (https://coomet.info/)) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tadbirni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va COOMET TQ 4 “Axborot va ta’lim” texnik qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

✅Tanlovning asosiy maqsadi — yosh metrologlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi ishtirokini kengaytirish, ularning ilmiy izlanishlari va yutuqlarini e’tirof etish, shuningdek, COOMET mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdir.

🔄Shuningdek, tanlov:

✅yosh mutaxassislarning xalqaro va mintaqaviy hamkorlikdagi faolligini oshirishga;
✅ilmiy faoliyatda salmoqli natijalarga erishgan yosh metrologlarni rag‘batlantirishga;
✅metrologiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llashni kengaytirishga;
✅COOMET a’zolari o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblar COOMET Prezident tomonidan maxsus sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi ingliz tilidagi taqdimot”, “Ilmiy metrologiya bo‘yicha eng yaxshi ish”, “Amaliy metrologiya bo‘yicha eng yaxshi ish” kabi maxsus nominatsiyalar ham belgilanadi.

🌎Tanlovda COOMETga a’zo davlatlardan 15 nafar ekspertdan iborat ilmiy qoʻmita ishtirokchilarni baholab boradi. Ushu tanlovda jami ishtirokchilar soni 16 nafardan iborat (Azarbayjon (2), Belarus (1), Qozog‘iston (2), Rossiya (5), O‘zbekiston (5).

📍O‘zbekistondan Toshkent davlat texnika universiteti (1), Andijon davlat texnika universiteti (2) va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (2) ishtirokchilar mavjud.

❕Ushbu tanlov O‘zbekistonda ilk bor oʻtkazilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil