Yangi etalonlar ishga tushirilmoqda: aniqlik va ishonchlilik sari
1 006
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov davlat dasturi doirasida O’zbekiston milliy metrologiya instituti (O’zMMI) da joriy etilgan yangi etalonlar va ular uchun yaratilgan maxsus infratuzilma bilan tanishdi.
Shuningdek, ushbu etalonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida etalonlarni ishga tushirishda ishtirok etgan xorijiy ekspertlar bilan ham fikr almashildi.
Hozirda O‘zMMIda 39 ta etalon va birlamchi laboratoriyalari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Yaqinda ishga tushirilgan yangi, sath, gradus – tekis burchak birligi, elektr va magnetizm hamda namlik etalonlari mamlakatimizda aniq o‘lchashlar tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur etalonlar suv xo‘jaligi, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar uchun metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlaydi.
Tashrif davomida direktor tomonidan:
yangi kalibrlash xizmatlarini joriy etish,
sanoatga aniq o‘lchashlarni uzatish tizimini yaratish,
xalqaro solishtirish loyihalarida faol ishtirok etish,
hodimlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.