![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
✅ Qirg‘izstandartda (https://www.nism.gov.kg/) tashkil etilgan KOOMET tashkiloti huzuridagi TQ 1.6 “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda metrologiya sohasidagi yetakchi xalqaro mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/) vakillari ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilishda massa o‘lchovlari, xalqaro solishtirishlar, etalonlar tizimini takomillashtirish hamda KOOMET doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅ Mazkur yig‘ilish doirasida O‘zMMI vakili A. Botirov KOOMET TQ 1.6 tarkibidagi 1.6.6 “Oqim sarfi” ishchi guruhi rahbari etib tayinlandi. Endilikda u ushbu yo‘nalishda xalqaro taqqoslash loyihalarini tashkil etish, tajriba almashish va ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
✅ Bu yangilik O‘zbekiston metrologiyasining xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, mamlakatimiz mutaxassislari esa sohaning global rivojiga munosib hissa qo‘shayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.



