KOOMETning 29-xalqaro TQ 1.6 yig‘ilishida O‘zbekiston vakili yangi yo‘nalishda faoliyat boshladi

✅ Qirg‘izstandartda (https://www.nism.gov.kg/) tashkil etilgan KOOMET tashkiloti huzuridagi TQ 1.6 “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda metrologiya sohasidagi yetakchi xalqaro mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/) vakillari ishtirok etdi. ✅ Yig‘ilishda massa o‘lchovlari, xalqaro solishtirishlar, etalonlar tizimini takomillashtirish hamda KOOMET doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. […]