
✅ Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)xodimi Afina (Gretsiya) shahrida boʻlib oʻtgan Workshop for radiation metrologists on calibration of dosimeters for X-ray imaging dosimetry xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbir EURAMET TraMeXI (https://tramexi.com/) loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, diagnostik radiologiya sohasida dozimetrlarni kalibrovka qilish masalalariga bagʻishlandi.
✅ Seminar kalibrovka laboratoriyalari mutaxassislarining diagnostik radiologiya sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish, yangi oʻlchash usullari, kalibrovka jarayonlari hamda dozimetrlarning turli sinov tartiblarini qoʻllashga yoʻnaltirilgan. Ushbu ishlanmalar diagnostik dozimetrlarni kalibrovka qilish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning aniqligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida bemorlar xavfsizligi darajasini oshirishga yordam beradi.


✅ Bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish institut xodimlariga kasbiy salohiyatni mustahkamlash, turli davlat mutaxassislari bilan tajriba almashish va radiatsiya metrologiyasining milliy tizimiga ilgʻor tajribalarni joriy etish imkonini beradi. Malumot o’rnida, ushbu o’quv-amaliy seminar xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en.html) tomonidan qoplaniladi.