![]() |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi va Senatga yuborildi. (https://t.me/qonunchilikpalatasi/29087)
Parijda 1875-yil imzolangan ushbu Konvensiya bugungi kunga kelib 64 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, 37 mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham uyushgan a’zo sifatida ishtirok etmoqda.
Konvensiyaga to‘liq qo‘shilish mamlakatimizda o‘lchashlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlaydi, metrologiya sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytiradi hamda savdo-iqtisodiy salohiyatni oshiradi.
Shuningdek, bu qadam Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida muhim turtki bo‘lib, texnik to‘siqlarni kamaytirish, kadrlar malakasini oshirish va xalqaro miqyosda metrologik xizmatlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
