Aniq vaqt

Yangi etalonlar joriy etilmoqda

 

Metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, o‘lchashlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)etalonlar bazasini rivojlantirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, institut tarkibida yangi tashkil etilgan Kimyo laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/104-sk/slovak-metrology-institute/)mutaxassislari bilan hamkorlikda zamonaviy yuqori aniqlikdagi suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pH koʻrsatkichi bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi etalonlari hamda suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining nitrat (pX) koʻrsatkichi bo‘yicha etalonlari joriy etilmoqda.

Mazkur etalonlar kimyo va ekologiya, farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoati kabi muhim sohalarda o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida, xalqaro talablarga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil