Aniq vaqt

Bayram shukuhi davom etmoqda

Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zMMI Olmaliq, Chirchiq va Bekobod filiallari hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Olmaliq filiali bo‘limi boshlig‘i A. Abdulazizov ochib berdi va mehmonlar bilan tanishtirdi.

Unda filiallarning joriy yil uchun belgilangan vazifalarni bajarishdagi yutuqlari ta’kidlandi. Jumladan, yilning dastlabki to‘rt oyida 7 ta yo‘nalishda 5 ta o‘lchash vositasi qiyoslanib, metrologik attestatlash ishlari amalga oshirilgani, aprel-may oylarida esa 3 yo‘nalishda 9 ta vosita kalibrlangani va natijada akkreditatsiya sohasi kengaytirilgani qayd etildi.

Tadbirda TDTU Olmaliq filiali katta o‘qituvchisi M. Sariqulov so‘zga chiqib, barcha metrologiya xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil