![]() |
Tibbiyotda har bir o‘lchov muhim. Shu bois, klinikalardagi tibbiy asbob-uskunalar har yili metrologiya tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Samarqand filiali tashabbusi bilan press-tur tashkil etildi.
Unda hududda joylashgan Istanbul EKU Markazi klinikasi faoliyati va undagi asboblarning qanday tekshirilishi yaqindan o‘rganildi.
Media-tur orqali jurnalistlar nafaqat tekshiruv jarayonini kuzatishdi, balki inson hayoti uchun juda muhim bo‘lgan jarayonlarning qanday amalga oshirilishini bilishdi.
![]() |
![]() |


