Aniq vaqt

Xotira – abadiy, Qadr-muqaddas.

🟡 Xotira o‘tganlarni eslatib turadi,o’zlikni anglatadi. Ajdodlarimizning o‘chmas xotirasi doimo Qalblarimizda mangu yashaydi.

🔵 9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

🔴 9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

🟢 O‘z MMI xodimlari mazkur ulug‘ kun munosabati bilan bizni xozirgi farovon xayotimizga xissa qo’shgan urush qatnashchilarini xotirlash uchun «Xotira maydoni»ni ziyorat qilishdi hamda jasorat va fidoyilik koʼrsatgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari xolidan xabar olishdi va ehtirom ko‘rsatishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil