![]() |
![]() |
![]() |
✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligida Dallasdagi Texas universitetining Nanotexnologiyalar instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori, Amerika olim-materialshunosi, Amerika Fizika Jamiyati a’zosi Anvar Zaxidov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
✅ Seminar doirasida professor A. Zaxidov O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida amalga oshirilayotgan dolzarb ilmiy-amaliy ishlar, shuningdek zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan kvant laboratoriyalari va ushbu yo‘nalishdagi ilmiy loyihalar muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
✅ Xususan, tadbirda ilmiy metrologiyani rivojlantirish, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi birinchi “Kvant metrologiya markazi”ni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “Kvant metrologiya markazini yaratish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2025 — 2027 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturga kiritilgan.
![]() |
![]() |
![]() |








