Aniq vaqt

O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun

🌀 Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi.

🌀 Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) (https://www.oiml.org/en) 2025 yilgi Butunjahon metrologiya kuni rasmiy shiorini taqdim etdi.

✅Bu yilgi shior – “O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun” deb nomlanib, ishlab chiqarish va kundalik hayotda aniq o‘lchovlarning doimiy va umumbashariy ahamiyatini ta’kidlaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 20 may-Butunjahon metrologiya kuni, 1875 yilda Parijda Metrik konvensiya imzolangan kunga bag‘ishlab nishonlanadi. Ushbu shartnoma ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalar, sanoat ishlab chiqarishi va xalqaro savdoni, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlaydigan global miqyosda uyg‘unlashtirilgan o‘lchash tizimiga asos yaratadi.

Bu yilgi Butunjahon metrologiya kunida Metrik Konvensiyaning 150-yilligi keng nishonlanadi.

🔜 https://www.worldmetrologyday.org/posters.html
https://www.worldmetrologyday.org/events.html

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil