O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan ilk bor “D. I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” federal davlat unitar korxonasi (ФГУП “ВНИИМ им. Д.И. Менделеева”) bilan birgalikda ishlab chiqilgan ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi tomonidan qabul qilindi.
Ushbu standartni qabul qilish uchun Ozarbayjon, Аrmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning milliy organlari tomonidan ovoz berildi.