COOMETning “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (COOMЕT) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining (TQ 1.9) 21 – yig‘ilishi (gibrid formatda) bo‘lib o‘tmoqda. COOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Kuba, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) vakillari ishtirok etishmoqda. […]

ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri qabul qilindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan ilk bor “D. I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” federal davlat unitar korxonasi (ФГУП “ВНИИМ им. Д.И. Менделеева”) bilan birgalikda ishlab chiqilgan ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi […]