Aniq vaqt

O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga O‘zbekiston milliy metrologiya institutining UzNIM SSDL jamoasidan munosib tuhfa

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasining (UzNIM SSDL jamosi) kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlar Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) Dozimetriya laboratoriyasi (DOL) va UzNIM SSDL oʻrtasida tashkil etilgan solishtirishlar natijasida jami 3 ta СМС-qatorlar chop etildi.

Ma’lumot uchun: E’tiborlisi shundaki, СМС-qatorlar mavjudligi Global sifat infratuzilmasi indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII)) bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi.

Ushbu СМС-qatorlar O‘zbekiston Respublikasining ilk bor BIPMning KCDB platformasida chop etilgan kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi yozuvlardir.

Mazkur natijalar O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga UzNIM SSDL jamosidan munosib tuhfa hisoblanadi.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil