SARF YO‘NALISHI BO‘YICHA ILK BORA APMP DOIRASIDA SOLISHTIRISHDA

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari “Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi” (APMP) Texnik qo‘mitasining tashabbusi asosida bo’lib o’tadigan APMP.M.FF-K6.2024-sonli 0,1 l/min dan 10 l/min gacha bo’lgan gaz sarfi taqqoslash loyihasida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, APMP tomonidan tashkil qilinayotgan grand loyiha asosida O‘zMMI xodimlari Tailand metrologiya institutida malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Loyihada qatnashuvchilar ro’yhati.

O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga O‘zbekiston milliy metrologiya institutining UzNIM SSDL jamoasidan munosib tuhfa

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasining (UzNIM SSDL jamosi) kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlar Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) Dozimetriya laboratoriyasi (DOL) va UzNIM SSDL oʻrtasida tashkil etilgan […]