Aniq vaqt

Talabalar amaliyotga keng jalb qilinadi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondariyo filiali masʼullari Termiz muhandislik-texnologiya institutida boʻlib oʻqituvchi va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Uchrashuvda talabalarni amaliyotga jalb qilish, amaliyot jarayonlarini malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil etish, amaliyotchilarni malaka koʻnikmalarini oshirish boʻyicha gapirib oʻtildi. Xususan, Surxondaryo filiali laboratoriyalarida institutning bitiruvchi talabalari metrologiya sohasini sir asrorlaridan xabardor boʻlishlari mumkinligi va bu sohaning bugungi rivojlanish bosqichi, olib borilayotgan islohotlar hamda talabalar amaliyoti uchun yaratilgan sharoilar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tadbirda Termiz muhandislik-texnologiya institutining metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti taʼlim yoʻnalishi talabalari hamda professor-oʻqituvchilari ham oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil