Talabalar amaliyotga keng jalb qilinadi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondariyo filiali masʼullari Termiz muhandislik-texnologiya institutida boʻlib oʻqituvchi va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazishdi. Uchrashuvda talabalarni amaliyotga jalb qilish, amaliyot jarayonlarini malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil etish, amaliyotchilarni malaka koʻnikmalarini oshirish boʻyicha gapirib oʻtildi. Xususan, Surxondaryo filiali laboratoriyalarida institutning bitiruvchi talabalari metrologiya sohasini sir asrorlaridan xabardor boʻlishlari mumkinligi va bu sohaning bugungi rivojlanish […]