2026-yil 19-noyabr kuni Ekvador Respublikasining Kito şahrida SIM Wyeyek 2026 tadbirlari doirasida Amerikaaro metrologiya tizimi (SIM) Boş assambleyasining oçiq yiğilişi bölib ötdi.
Mazkur yiğilişda KOOMET Kotibiyati vakili sifatida iştirok etgan Özbekiston milliy metrologiya instituti (ÖzMMI) mutaxassislari onlayn formatda qatnaşib, taşkilot faoliyati, amalga oşirilayotgan işlar hamda xalqaro metrologik hamkorlik yönalişlari yuzasidan ma’ruza bilan çiqiş qildilar.
Yiğiliş davomida KOOMET va SIM örtasidagi mintaqalararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ikki taşkilotga a’zo milliy metrologiya institutlari örtasida özaro aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, mutaxassislarni qöşma öquv tadbirlari va xalqaro soliştirişlarda faol iştirok etişga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
ÖzMMI xalqaro metrologik taşkilotlar doirasidagi faol iştiroki orqali mamlakatimiz metrologiya tizimining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va milliy metrologiya salohiyatini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.