Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Özbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM) mutaxassislari Xitoy Milliy metrologiya institutida (NIM – National Institute of Metrology, China) tashkil etilgan maxsus öquv kurslarida iştirok etdilar. Mazkur malaka oşirish dasturi burçak ölçaş metrologiyasi (angle metrology), uzunlik ölçaş (gauge block) vositalarini kalibrlaş hamda gaz sarfi metrologiyasi (gas flow metrology) kabi yönalishlarni qamrab oldi.
Öquv kursi davomida burçak ölçaş metrologiyasi yönalişidagi mutaxassislar yuqori aniqlikdagi koordinata-ölçaş maşinasidan (CMM — Coordinate Measuring Machine) foydalaniş, uning yordamida detallar geometriyasini yuqori aniqlikda ölçaş va ölçaş natijalarini tahlil qiliş böyiça nazariy bilim va amaliy könikmalarini oçirdilar. Şuningdek, burçak ölçaşning muhim etalon vositalaridan biri bölgan burchak prizmatik ölchovlarini kalibrlaş va ölçaş usullari bilan tanişdilar.
Bundan taşqari, yuqori aniqlikdagi giroskopik tizimlardan foydalaniş orqali aylanuvchi stollarni (rotary tables) kalibrlaş jarayonlari namoyiş etildi. Ushbu maşğulotlar burçak holati va aylaniş parametrlarini yuqori aniqlikda aniqlaş, ölçaş vositalarining metrologik tavsiflarini baholaş hamda zamonaviy kalibrlaş usullarini amaliyotda qöllaş böyiça muhim tajriba berdi.
Uzunlik ölçaş metrologiyasi yönalişida mutaxassislar ISO 3650, JJG 146, JJF 1304 va JJG 371 me’yoriy hujjatlari talablari asosida blokli uzunlik ölçovlarini (gauge blocks) kalibrlaş, taqqoslab ölçaş, interferometrik ölçaşh usullari hamda ölçaş noaniqligini hisoblaş böyiça nazariy va amaliy bilimlarini oşirdilar. Şuningdek, ölçaş natijalarini qayta işlaş va tahlil qiliş usullari örganildi.
Öquv kursi doirasida gaz sarfi metrologiyasi yönalişiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mutaxassislar ISO 9300 xalqaro standarti asosida kritik rejimdagi gazli tovuş soplolari (sonic nozzles) yordamida kalibrlaş usullari bilan tanişib, amaliy mashğulotlarda iştirok etdilar.
Uşbu xalqaro öquv dasturining asosiy maqsadi — Özbekiston va Xitoy milliy metrologiya institutlari örtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ilğor metrologik tajribalarni almaşiş h
amda tegişli yönalişlarda yangi kalibrlaş va ölçaş imkoniyatlarini (CMC — Calibration and Measurement Capabilities) rivojlantiriş va ularning xalqaro darajada tan olinişiga kömaklaşişdan iborat.
Taşrif yakunida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş, mutaxassislar örtasida tajriba almaşişni izchil davom ettiriş va kelgusida qöşma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.