Aniq vaqt

Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) 28-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston vakillari BIPM laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar

Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) 28-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston vakillari Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati, zamonaviy o‘lchash texnologiyalari hamda xalqaro metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi va BIPM vakillari o‘rtasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti birlamchi etalonlarini BIPM laboratoriyalarida kalibrlash masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning BIPMga to‘laqonli a’zo bo‘lishi natijasida ilk bor O‘zbekiston milliy metrologiya instituti birlamchi etalonlarini bevosita BIPM laboratoriyalarida bepul kalibrlash imkoniyati yaratildi.

Muzokaralar davomida mazkur kalibrlash ishlarini 2027-yildan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik milliy etalonlarning xalqaro darajada metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash, o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini mustahkamlash hamda O‘zbekiston milliy metrologiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil