Yoshlar — yangi hayot va yangi kelajak bunyodkorlari!

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlikning bebaho davri, orzu-maqsad sari intilish, izlanish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida samimiy fikrlar almashildi. Zero, hayotning eng qimmatli saboqlari nafaqat kitoblardan, balki katta hayot yo‘lini bosib o‘tgan, o‘z mehnati va iste’dodi bilan el […]