Davlat etalonlari xaridi: Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish maqsadida Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendini xarid qilish bo’yicha tender boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘ida belgilangan muammolarni ilmiy jihatdan hal qilishga qaratilgan Ilmiy faoliyat bo‘yicha Davlat maqsadli dasturi doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda AL-9324104939 “Аerozollarning ommaviy kontsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot […]

E’lon! Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi

Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 «Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures» standarti talablariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan boshqa umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilish sinov uskunalari va yordamchi jihozlari kompleksi bo’yicha tender boshlandi. Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yuqori aniqlikdagi gaz qorishmalarini […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari EURAMET TC-M yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

2026-yil 7-10-sentabr kunlari Estoniyaning Tallin shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari EURAMET massa va u bilan bog‘liq kattaliklar bo‘yicha Texnik qo‘mitasining (TC-M) yillik yig‘ilishida ishtirok etdilar. O‘zMMI vakillari tadbirning massa, bosim, kuch va aylanma moment, zichlik va yopishqoqlik, gravimetriya, qattiqlik, shuningdek, dinamik o‘lchovlar, raqamlashtirish va strategik rivojlanish masalalarini qamrab olgan barcha texnik sessiyalarida ishtirok etdi. […]

Yoshlar — tarixni anglab, kelajakni bunyod etadi

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti yoshlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida «Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi»da bo‘ldilar. Tashrif davomida yoshlar muzey ekspozisiyalari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va shaxsiy buyumlar bilan tanishib, Islom Karimovning hayoti va davlatchilik faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif yoshlarning […]

O‘zbekiston va Ruminiya: texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Kristian Chobanu bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, bozor nazorati hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil […]