Tailand qirolligining Bangkok shahrida Tailand milliy metrologiya instituti (NIMT) tomonidan tashkillashtirilgan O‘lchash fanlari va tatbiqlari bo‘yicha 2-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur konferensiya “Samaradorlik, innovatsiya va barqarorlik uchun o‘lchashlar” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, mazkur konferensiya xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ilg‘or materiallar, energetika texnologiyalari va energiya almashinuvi, kvant va an’anaviy aloqa hamda datchiklar, tabiiy ofat va ekologik inqiroz, oziq-ovqat va salomatlik, sun’iy intellekt va robot yo‘nalishlarida o‘zlarining tadqiqotlari bilan ishtirok etmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika laboratoriyasi xodimi Axmadbek Muxammad Aminov ham ushbu konferensiyada o‘zining “Digital Calibration Certificate in Acoustics Measurements and its Application” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga, mazkur konferensiya doirasida tashkil etilgan raqamli sifat infratuzilmasi mavzusidagi strategik davra suhbatida O‘zbekiston vakili ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun ushbu konferensiya 28-avgust kuniga bo‘lib o‘tish rejalashtirilgan.