Aniq vaqt

Jahon banki grant loyihasi doirasida standartlashtirish sohasida trening-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshchiligida, O‘zbekiston standartlar institutida Jahon bankining «Institusional salohiyatni rivojlantirish» grant loyihasi doirasida texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasida trening-seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirok etdilar.

Trening-seminarni Jahon banki eksperti Glen Bosman (Glen Bosman) olib bordi. Tadbirda standartlashtirish tizimini takomillashtirish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qo‘llash, milliy standartlashtirish strategiyasini shakllantirish hamda texnik qo‘mitalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar asosida standartlashtirish sohasini institusional rivojlantirish, texnik qo‘mitalar salohiyatini oshirish hamda milliy standartlarni xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Trening davomida ishtirokchilar va Jahon banki eksperti o‘rtasida fikr va tajriba almashinuvi tashkil qilinib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur trening-seminar texnik jihatdan tartibga solish milliy tizimining institusional salohiyatini mustahkamlash, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga treningda faol qatnashganligini tasdiqlovchi sertifikatlar topshiriladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil