Korxonalar, tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlari (tariflari) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zgartirilishini ma’lum qilamiz. Xizmatlar narxlarini qayta ko‘rib chiqishda oldingi davrlardagi xarajatlarning hisobot ko‘rsatkichlari, muayyan ish va xizmatlarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar, shuningdek, materiallar, energiya resurslari hamda kommunal xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar hisobga olindi. Shuningdek, zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va maxsus axborot dasturlarini joriy etish, amortizatsiya […]