Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida texnik hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Lazizbek Saidoripov Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan muloqot davomida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. […]
Xalqaro darajada onlayn trening tashkil etildi

Joriy yilning 24-iyun kuni Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) faoliyati doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi. Trening “Tebranish datchiklari va tebranishni o‘lchash vositalarini ikkilamchi metod asosida kalibrlash” mavzusiga bag‘ishlanib, unda a’zo davlatlarning metrologiya sohasi mutaxassislari, laboratoriya xodimlari hamda sohaga qiziquvchi ekspertlar ishtirok etdilar. Mazkur […]
SMIIC Metrologiya kengashi ishchi guruhining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti (SMIIC) Metrologiya kengashi (MC) huzurida tashkil etilgan “Barqaror rivojlanish uchun halol sifat infratuzilmasi” ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi onlayn formatda o‘tkazildi. Yig‘ilishda ishchi guruhning 8 nafar a’zosi hamda Metrologiya kengashi kotibiyati vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston vakili ham ishchi guruh a’zosi sifatida qatnashib, kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol ishtirok etdi. […]