![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔄O‘zbekiston milliy metrologiya institutida zamonaviy suv hisoblagichlari va suv hisobini yuritishning intellektual tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xitoyning SANCHUAN kompaniyasi (https://www.sanchuanwatermeter.com/) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning maqsadi O‘zbekiston suv ta’minoti tizimlari uchun yuqori aniqlikli o‘lchash vositalarini joriy etish sohasida hamkorlik istiqbollarini va Andijon viloyatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
⚡️ Muzokaralar davomida SANCHUAN vakillariga O‘zbekistonning suyuqlik va gaz sarfini o‘lchash yo‘nalishidagi amaldagi metrologik infratuzilmasi, jumladan etalonlar tizimi, akkreditatsiyadan o’tgan laboratoriyalar to’g’risida hamda o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish tartibi, shuningdek qo‘llanilayotgan ISO va OIML xalqaro standartlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘lchash vositalarini turini tasdiqlash va ularni Davlat reyestriga kiritish bo‘yicha talablar va tartib-taomillar, respublika hududida ularning keyingi davriy tekshiruvi va metrologik nazoratini ta’minlash masalalari alohida tushuntirildi.
✅Tadbirda “O‘zsuvta’minot” AJ vakillari ham ishtirok etib, suv hisobini yuritish tizimini modernizatsiya qilish, jarayonlarni raqamlashtirish va tijorat hisobining aniqligini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalarni bayon etdilar.
⚖️ Uchrashuv yakunida xitoy delegatsiyasi O’zMMI Andijon filiali huzurida suyuqliklar sarfini o‘lchash bo‘yicha zamonaviy metrologik laboratoriya tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, tomonlar hamkorlik bo‘yicha muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.




